Murodjon Ahmadaliev mamlakatimizga qaytib keldi

  • 30.08.2018 04:14
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev yaqinda AQShning Kaliforniya shtatida o‘zining navbatdagi jangida chililik Roman Kontrerasga qarshi jang o‘tkazib, raqibini birinchi raundda nokautga uchratib WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Bugun tunda Murodjon mamlakatimizga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muxlislar, sportchi va murabbiylar hamda OAV hodimlari kutib oldi.

– Yurtimizga chempionlik kamari bilan qaytganimdan xursandman, – deydi Murodjon Ahmadaliev. – Bu g‘alabaga erishishimda murabbiylarimning hissasi juda katta. Shuningdek, bizga sport bilan shug‘ullanishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusidagi rejalar haqida gapiradigan bo‘lsam, bir oz dam olaman va kamar himoyasi uchun o‘tadigan janglarda ishtirok etaman.

photo_2018-08-30_04-03-12

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!