
Mutaxassislar Pushkash sovrini uchun asosiy da’vogarni taxmin qilishmoqda
Dunyodagi aksariyat futbol mutaxassislari FIFA tomonidan eng chiroyli gol muallifiga topshiriladigan Ferents Pushkash mukofoti bu yil kimga nasib etishi borasida taxminlarini bildirishdi.
Unga ko‘ra bu sovrin uchun Krishtianu Ronalduning o‘tgan mavsum EChL chorak finalida “Yuventus” darvozasiga kiritgan goli asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda esa Garet Beylning EChL finalida "Liverpul"ga urgan goli va Benjamen Pavarning JCh-2018da Argentina termasiga kiritgan goli bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sovrin 24 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda topshiriladi.
Fikrlar