
Mutaxassislar Ronalduning o‘rniga keladigan futbolchi kimligini aniqlashdi (FOTO)
Dunyoga mashhur futbol mutaxassislari yaqindagina “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Krishtianu Ronalduning “qirollik klubi”dagi o‘rniga keladigan futbolchi kimligini taxmin qilishdi.
Football London nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchining “Santyago Bernabeu”dagi o‘rnini katta extimol bilan “Chelsi” vingeri Eden Azar egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azarga “Real”ning ashaddiy raqobatchisi “Barselona” ham jiddiy kurash boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar