Muxlislar borasida “Paxtakor” etakchi. “Buxoro” va “Navbahor” ishqibozlari toshkentliklardan ortda qolishmoqda
13-turga Superliganing 6 o‘yinini tomosha qilish uchun stadionlarga jami 67292 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich bir uchrashuvga o‘rtacha 11215ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Toshkentdagi “Paxtakor” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligini kuzatdi – 23456. Turning markaziy to‘qnashuvilaridan biri “Buxoro” – “Nasaf” bahsini 18301 ishqiboz shohidiga aylandi. Muxlislar borasida etakchilardan hisoblangan namanganliklar bu gal o‘z suyuklilarining o‘yiniga nisbatan kamroq qiziqish bildirishdi. Natijada “Navbahor” – AGMK o‘yinini 10800 ishqiboz studiondan tomosha qildi.
Eng kam muxlis esa Farg‘onadagi “Neftchi” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida qayd etildi – 2563.
Quyida o‘n uchinchi turga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
“Paxtakor” – “Bunyodkor” 1:0. 23456 tomoshabin
“Buxoro” – “Nasaf” 1:0. 18301 tomoshabin
“Navbahor” – AGMK 1:0. 10800 tomoshabin
“Metallurg” – “Lokomotiv” 2:0. 6325 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” 0:1. 5847 tomoshabin
“Neftchi” – “So‘g‘diyona” 0:2. 2563 tomoshabin

Fikrlar