Myuller Mbappeni to‘xtatishning yagona usulini aytdi
Germaniya terma jamoasi forvardi Tomas Myuller Frantsiyalik iqtidor egasi Kilian Mbappeni qanday to‘xtatib qolish mumkinligini aytdi.
“Mbappe maydonda muxlislarga yoqadigan harakatlar qiladi. U bir qadam tashlab, katta tezlikda raqibni ortda qoldiradi. Unga qarshi ikki kishilashib himoyalanish kerak. U bitta raqibidan o‘tgan taqdirda ham ikkinchisi uni to‘xtatib qolishi mumkin. Bu uni to‘xtatib qolishning yagona usuli”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Frantsiya bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Fikrlar