Myuller kutilganidan tezroq safga qaytishi mumkin

  • 23 oktabr, 2017, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan avvalroq Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller Bundesliganing 9-turida bo‘lib o‘tgan “Gamburg”ga (1:0) qarshi bahsda jarohat olganligi haqida xabar bergan edik.

Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli germaniyalik futbolchi o‘yinning 2-bo‘limida zahiradan maydonga tushirilgan edi, biroq, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas sonida og‘riq his qila boshladi va maydonni tark etdi.

Dastlab, o‘yindan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar so‘ng Myullerning sog‘ayishi uchun kamida 5-6 hafta talab etilishi aytilgan edi. Biroq, klub vakillarining so‘zlariga ko‘ra u 3 haftada maydonga qaytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!