Nacho Fernandes: Bu mavsum barcha sovrinlarni qo‘lga kiritamiz deb ayta olmayman
Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes jamoaning hozirgi holati haqida gapirib o‘tdi.
“Biz hotirjammiz va murabbiyni oxirigacha qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz bundanam yomon vaziyatlarga tushganmiz, biroq har doim olg‘a qadam bosganmiz. Bu mavsum barcha sovrinlarni qo‘lga kiritamiz deya olmayman. Lekin, “Real” hozirgi murabbiy va futbolchilari bilan barcha musobaqalarda g‘olib chiqish uchun kurasha olishini isbotladi. Biz oxirigacha kurashamiz”, - deydi Nacho.
Eslatib o‘tamiz, Xulen Lopetegi boshchiligidagi “Real” qatorasiga 4ta o‘yindan buyon gol ura olmayapti va ular ushbu bahslarning 3tasida mag‘lub bo‘lishdi.
Fikrlar