
Nacho ikki oyga, Kazemiro esa uch haftaga safdan chiqdi
"Real" futbolchilari Nacho va Kazemirolar Ispaniya La Ligasi 12-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi (4:2) o‘yinda jarohat olishdi.
Marca xabariga ko‘ra, kechagi uchrashuvning 18-daqiqasidayoq jarohat olib maydonni tark etgan Kazemiro uch haftaga safdan chiqdi.
Vigoliklar bilan kechgan bellashuvni oxiriga etkaza olmagan yana bir futbolchi - Nacho esa tahminan ikki oy madridliklarga yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar