Nadal: Uimbldon finalida Federer bilan to‘qnash kelmasam bo‘lgani
Jahonning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining birinchi davrasida avstraliyalik Jon Millmanni 6:1, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi va ikkinchi davraga yo‘l oldi. Nadal jurnalistlarga agarda, finalga chiqsa, kim bilan o‘ynashni istamagan bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Finalga chiqsam, Federer bilan o‘ynashni istamagan bo‘lar edim. Menga finalda kuchli tennischiga qarshi o‘ynash yoqmaydi. Menimcha, bu yil Rodjer bilan etarlicha to‘qnash kelib bo‘ldik”, – deb aytib o‘tdi Nadal.
Uimbldon. Denis Istomin kurashdan chiqdi
Ma’lumot uchun, ispaniyalik tennischi ikkinchi davrada hamyurtimiz Denis Istomin bilan to‘qnash kelgan aqshlik Donald Yangga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar