
Naomi Osaka yoki Petra Kvitova dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanishi mumkin
Avstraliya ochiq birinchiligining yakuni natijasiga ko‘ra, ikki tennischidan biri ayollar o‘rtasida birinchi raketkaga aylanishi mumkin.
Ulardan biri yaponiyalik Naomi Osaka bo‘lsa, ikkinchisi chexiyalik Petra Kvitova. Ayni damda, Naomi 527 ochko bilan WTA reytingida to‘rtinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, Petra 5000 ochko bilan ushbu jadvalning oltinchi pog‘onasida bormoqda.
Ayollar o‘rtasida birinchi raqamli tennischi sifatida turgan ruminiyalik Simona Xalep hisobida 6642 ochko mavjud. Avstraliya ochiq chempionati g‘olibasi o‘z hisobiga 2000 ochko qo‘shib qo‘yadi.
Fikrlar