“Napoli” Insineni “Milan”ga 35 mln evroga sotmagani ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Napoli” klubi qishki transfer davrida jamoa yarim himoyachisi Lorentso Insineni sotishni istamagani oshkor bo‘ldi.

Italiyalik jurnalist Paolo Barjijaning xabar berishicha “Milan” neapolliklarga 25 yoshli futbolchi borasida rasmiy taklif bilan chiqqan, biroq, yakunda “Napoli”dan rad javobini olgan.

Ta’kidlash kerakki, “rossonerilar” Insine uchun 35 million evro taklif qilishgan.

Avvalroq, neapolliklar Italiya terma jamoasi a’zosiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotganligi borasida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!