"Napoli" muxlislari "Milan"ga qarshi bahs oldidan Iguainni sharmanda qilishdi

  • 25.08.2018 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” klubi muxlislari A Seriya doirasida bugun “Milan”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan yaqindagina “rossonerilar” safiga ko‘chib o‘tgan hujumchi Gonsalo Iguainning sha’niga nisbatan nomaqbul so‘zlar yozilgan banner tayyorlashdi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Milan” Neapolga etib kelganida muxlislar Iguainni “Sen futbolkangni ich kiyimingdan ko‘ra ko‘proq almashtirasan” deb yozilgan bannerlar bilan “kutib olishdi”.

Eslatib o‘tamiz, Iguain bundan 2 yil muqaddam 90 million evro evaziga aynan “Napoli”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan va o‘tgan davr mobaynida 3ta o‘yinda neapolliklar darvozasiga 5ta gol urgan. Endi esa u “Milan” a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!