
"Napoli" o‘z safiga Ispaniya terma jamoasi forvardini qo‘shib olmoqchi
Italiyaning "Napoli" klubi o‘z safini "Selta" hujumchisi Yago Aspas bilan kuchaytirmoqchi.
Ispan nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda A Seriya grandi allaqachon 31 yoshli futbolchining transferi borasida vigoliklarga taklif bilan chiqqan, ammo rad javobini olgan. Biroq, shunga qaramay neapolliklar Ispaniya terma jamoasi forvardini qo‘lga kiritishdan umidini uzishmayapti va shu bois ular tez orada uni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishmoqchi. Ushbu transferning taxminiy bahosi 25 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Aspas joriy mavsum “Selta” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar