Navas va Asensio ham "Real" mashg‘ulotlariga qo‘shildi

  • 30 yanvar, 2019, 15:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madridning yana ikki nafar futbolchisi jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytdi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra chililik darvozabon Keylor Navas va ispaniyalik vinger Marko Asensiolar lazaretni tark etishgan. Endi ushbu futbolchilar ham ertaga “Jirona”ga qarshi Ispaniya kubogi chorak final javob bahsida jamoasiga yordam berishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Jiron” - “Real” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:30da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum “Real” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 10ta gol o‘tkazib yubordi. Asensio esa 25ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!