"Navbahor" bir qator futbolchilar bilan rasman shartnoma imzoladi
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi bir qator futbolchilar bilan rasman shartnoma imzoladi.
Aniqrog‘i, lochinlar Abbos G‘ulomov (5 yil), Shoxruhmirzo Ahmadaliev (5 yil), G‘iyos Komilov (2 yil), O‘tkir Yusupov (2 yil) va Obid Jo‘raboev (2 yil) kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi.
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" o‘zining ikkinchi xorijiy yig‘inini Turkiyada o‘tkazadi.

Fikrlar