“Navbahor” bu tur etakchilikni qo‘lga oldi
11-turga Superliganing 6 o‘yinini tomosha qilish uchun stadionlarga jami 58196 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich bir uchrashuvga o‘rtacha 9699ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Namangandagi “Navbahor” – “Qizilqum” qarama-qarshiligini kuzatdi – 14240. Turning markaziy to‘qnashuvi “Nasaf” – “Paxtakor” bahsini 10512 ishqiboz shohidiga aylandi.
“Vodiy derbisi” “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” o‘yinini 10036, “Toshkent viloyati derbisi”ni 8047 ishqiboz stadiondan kuzatdi.
Eng kam muxlis esa Toshkentdagi “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvida qayd etildi – 6050.
Quyida o‘n birinchi turga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
“Navbahor” – “Qizilqum” 3:0. 14240 tomoshabin
“Nasaf” – “Paxtakor” 2:3. 10512 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” 1:1. 10036 tomoshabin
“So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” 1:2. 9311 tomoshabin
“Metallurg” – AGMK 0:1. 8047 tomoshabin
“Lokomotiv” – “Buxoro” 3:1. 6050 tomoshabin

Fikrlar