“Navbahor” o‘rtoqlik o‘yinida Pro-liga vakilini yanchib tashladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kecha, 5 iyun kuni To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik” o‘yingohida Namanganning “Navbahor” va Pro-liga vakili Yozyovonning “Yozyovon” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Unda tajriba o‘z so‘zini aytib, namanganliklar yirik – 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bahsning birinchi bo‘limidayoq "lochinlar" hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishgandi. Uchrashuvlar gollarga Azamat Allaniyozov, Sardor Sulaymonov, Mirzohid G‘ofurov va Nenad Inyats mualliflik qilishdi.

Mazkur o‘yinda “lochinlar” ustozi Ilhom Mo‘minjonov bir qator yosh futbolchilarni ham maydonga tushirib, ularning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Pepsi Superliga 15-turi doirasidagi 10 iyun kuni “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi o‘tkaziladigan bo‘lajak “vodiy derbisi” oldidan “Navbahor” vakillari mazkur yirik hisobdagi g‘alaba bilan o‘z kayfiyatlarini ancha ko‘tarib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!