"Navbahor" safiga "Zenit"da o‘ynagan futbolchi kelib qo‘shildi
Ayni damda “Navbahor” Qrimda o‘quv-yig‘in mashqlarini o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
Xabarlarga qaraganda “lochinlar” safiga rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov kelib qo‘shilgan. 25 yoshli futbolchi hozirda jamoa ko‘rigida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Solovyov professional faoliyatini Moskvaning “Dinamo” klubida boshlagan. U shuningdek “Zenit”, “Amkar”, “Laxti” va “Fakel” klublarida to‘p surgan. Bundan tashqari Rossiya yoshlar terma jamoasida ham o‘ynagan. Uning so‘nggi jamoasi “Sochi” klubi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Navbahor” safiga 2 nafar eronlik futbolchi kelib qo‘shilgani haqida xabar bergan edik.



Fikrlar