
"Navbahor"ga Arshavin keladimi?
Xabaringiz bor bundan biroz avval Superliganing 28-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Bahs 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis jamoaga rossiyalik mashhur futbol yulduzi Andrey Arshavinning kelishi mumkinligi haqidagi xabarga quyidagicha javob qaytardi:
“Arshavin “Navbahor”ga keladi? Menimcha u Namanganni tomosha qilgani kelsa kerak”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Arshavin ayni damda qo‘shni Qozog‘istonning “Qayrat” klubida to‘p surmoqda.
Fikrlar