"Neftchi"ning 40 yoshli futbolchisi chempionatdagi 500-o‘yinida "Paxtakor" darvozasini ishg‘ol etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Ayni daqiqalarda Pepsi Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Neftchi" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, "Neftchi"ning tajribali futbolchisi Anvar Berdiev bugungi o‘yinning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. Ushbu o‘yin Berdievning milliy chempionat bahslaridagi 500-o‘yini bo‘ldi.

Qizig‘i 40 yoshli hujumchi maydonga tushganidan 7 daqiqa o‘tib, raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Berdiev faoliyati davomida "Temiryo‘lchi" ("Qo‘qon-1912"), "Mash’al", "Nasaf", "Bunyodkor", "Andijon" va "Neftchi" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!