Nikola Valentich: O‘zbekistondan taklif bo‘lsa, uni rad eta olmasam kerak

  • 07.10.2017 13:32
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasidagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan serbiyalik himoyachi Nikola Valentich bu yilgi mavsum arafasida tibbiy-ko‘rikdan o‘ta olmagach, ortga qaytib ketganidan xabaringiz bor. Yaqinda Nikola bilan ijtimoiy tarmoq orqali qisqacha suhbatda bo‘ldik. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Salom, Nikola ayni damda nimalar bilan bandsiz?

- Salom, hozir hech qaysi jamoada o‘ynamayapman. Oilam davrasidaman

O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi to‘p tepgandingiz. Aytish joizki, qisqa fursat ichida qo‘qonlik muxlislarning mehrini qozongansiz. Sobiq jamoangiz o‘yinlarni kuzatib boryapsizmi?

- Albatta. “Qo‘qon-1912”ning natijalarini kuzatib borishga harakat qilaman. Aytishim joizki, klubning ishqiboziga aylandim. Qo‘qonliklar mavsumni yuqori darajada boshlashgandi. Bundan juda xursand bo‘ldim. Lekin ikkinchi davrada nimagadir natijalar pasaydi. O‘ylaymanki, mavsumning qolgan bellashuvlarida qo‘qonliklar muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.

Ayni damda Qo‘qonda ikki nafar hamyurtingiz – Darko Gojkovich va Filip Rayevats faoliyat olib bormoqda. Ular bilan gaplashib turasizmi?

- Darko bilan ham, Filip bilan ham tez-tez qo‘ng‘iroqlashib turamiz. Darko jamoa bu yil ancha kuchayganini to‘lqinlanib gapiradi. Filip ham “Qo‘qon-1912” ancha shakllanib qolganini ta’kidlaydi. Har ikki yurtdoshim ham Qo‘qonda baxtli ekanligi ko‘rinib turibdi.

O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912”dagi o‘yinlaringiz orqali o‘zbekistonlik muxlis va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirgan edingiz. Sizga O‘zbekiston klubilaridan yana taklif bo‘lsa, bunga qanday javob berasiz?

- Ochig‘ini aytish kerak, yurtingiz menga juda yoqdi. Shu bois taklif bo‘lsa uni rad eta olmasam kerak. Bundan tashqari, mamlakatingizda ko‘plab vatandoshlarim to‘p tepishadi.

Qo‘qonlik futbol muxlislarini sog‘inib qolgan bo‘lsangiz kerak?

-  Bo‘lmasam-chi, Qo‘qonda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Hatto mashg‘ulotlar jarayonini tomosha qilgani stadionga ko‘plab muxlislarning kelishadi. Bunday holat hamma joyda ham kuzatilavermaydi. Qo‘qonlik fidoiy futbol ishqibozlari har doim ham topilavermaydi. Ular bilan faqat faxrlanish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!