No‘’mon Hasanov: Turnir jadvalining pastki qismidagi jamoalarga achinaman

  • 4 noyabr, 2017, 21:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy liga 27-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘yinidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida dastlab “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov Hasanov ishtirok etdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Bugun juda qiziqarli va muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. Agar biz yutqazganimizda turnir jadvalidagi ahvolimiz yomonlashar edi. Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. Ular bugun muxlislaga yoqadgan o‘yin ko‘rsatishdi. Buxoro jamoasi xam xozirgi kunda bekorga 5-o‘rinda turmaganini maydonda isbot qildi.

Oliy ligadagi isloxotlarga nima deyishim mumkin? Turnir jadvalining pastki qismidagi jaoalarga achinaman. Menimcha bu ishga yoki vaqtliroq yoki mavsum tugagandan so‘ng qo‘l urilsa yaxshi bo‘lar edi. Yaxshiki, biz kerakli ochkolarni birinchi davrada yig‘voganmiz.

Penalti menimcha bor edi. Hakam vaziyatga ancha yaqin turgan edi. Qolaversa biz kiritgan uchinchi golimiz ham inobatga olinmadi. Hakamlarni harakatlarini muhokama qilmayman, bu ishni bajaradigan mas’ul shaxslar bor. O‘yindagi vaziyatlar videotasvirlari saytlarda chiqsa kerak , o‘zlaring ko‘rib baho berasizlar deb o‘ylayman. Shu o‘rinda Qo‘qondan kelib stadionda bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Buxoro jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - deb aytib o‘tdi qo‘qonliklar ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!