Nokautchi Shohjahon AQShdagi ilk jangi qachon bo‘lishini ma’lum qildi
Aslida Shohjahon Ergashev 4 avgust kuni meksikalik nokautchi Xorze Rodrigesga qarshi jang qilishi va bu bahs "Showtime" telekanali orqali namoyish etilishi kerak edi.
Nokautchi Shohjahon AQShdagi jangga bormasligi sababini aytdi
Biroq, Shohjahon SPORTS.uz axborot portaliga qo‘lidan qilingan operatsiyadan so‘ng jarohatdan hali to‘liq qutilmaganini inobatga olgan menejeri Oleg Bogdanov jangni qoldirishga qaror qilganini aytgandi.
Endi bokschimiz qachon ringga qaytishi ma’lum bo‘ldi. Shohjahonning SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, AQShdagi birinchi jangini sentyabr oyning oxirida o‘tkazish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Hamyurtimiz AQShda mashhur murabbiy Abel Sanches bilan ishlash istagida. Ayni paytda Oleg Bogdanov bu masalani ijobiy hal qilish uchun muzokara o‘tkazmoqda.
Ma’lumki, Abel Sanches amaldagi jahon chempionlari Gennadiy Golovkin va Murat Gassievni shug‘ullantiradi.
Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangining aniq muddati va raqibi haqidagi aniq ma’lumotlarni SPORTS.uz axborot portali orqali bilib oling!

Fikrlar