Noyer "Liverpul"ga qarshi o‘yinda "Bavariya"ga yordam bera oladi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan sog‘ayib safga qaytganini ma’lum qildi.
“Shifokorlar menga o‘ynashga ruhsat berishdi. Men maydonga tushishga tayyorman”, - deydi Noyer klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli posbon qo‘lidagi jarohati qaytalangani sabab 3 hafta maydonga tusha olmagan edi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” hamda “Bavariya” jamoalari uchrashuvi 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar