No‘’mon Hasanov: Futbolda omad ham katta o‘rin tutadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pepsi Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi. Bu haqda Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"O‘zlaring ko‘rdilaring, bugun faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushgan edik. Shunga yarasha futbolchilar harakat qilishdi. Biroq futbolda omad degan narsa ham katta o‘rin tutadi. Qancha vaziyatlar yaratildi. To‘p bir necha bor darvoza ustuni yoki to‘sinidan qaytdi.

Stadionga kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Afsuski ularni xursand qila olmadik", - deb aytib o‘tdi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!