Nurmagomedov: Fergyusonga qarshi jang UFC tarixida qoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Xabib Nurmagomedov bo‘lajak raqibi amerikailk Toni Fergyusonga bo‘ladigan to‘qnashuvni UFCning 25 yillik tarixidagi eng muhim jang deya baholamoqda. Jang UFC 223 turniri doirasida jahon chempionligi uchun kechadi va 7 kuni aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

UFC 25 yillik tarixida bunday darajadagi jang bo‘lmagan, – deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi BJPENN nashri. – Muxlislar uchun bu ajoyib jang. Barcha xursand bo‘ladi, chunki jang yuqori darajada chempionlik uchun kechadi. Ayni damda bu UFC tarixi uchun muhim.

Men uchun bu birinchi navbatda vaqtinchalik chempion yoki kamar uchun emas. Buni Makgregor salkam uch yil muqaddam qo‘lga kiritgan. Bu haqiqiy chempion kamaridir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!