Nurmagomedov Makgregorni “burgerlar qiroli” deb atadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash jang san’atlari ustasi Xabib Nurmagomedov UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning faoliyatini yakunlayotgani ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik jangchi Burger King reklamasida suratga tushgan va burgerlar qiroliga aylangan.

Men u haqida nima deb gapirishni bilmayman. Ko‘pchilik uni qirol deyishmoqda, menimcha unday emas. U hozir Burger King qiroli. Shunday davom et, Makgregor. Bu (aralash yakkakurashlar – "SPORTS.uz") burgerlar qirolining sporti emas, – deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports nashri.

Men uning ringga qaytib, haqiqiy jang o‘tkazishiga ishonmayman. U Floyd Meyvezer bilan bo‘lgani singari engil janglarda ishtirok etgan. Agar qaytadigan bo‘lsa, jiddiy jangchilarga qarshi besh raundli bellashuvlarga tayyor bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!