Og‘ir atletika. 2 sportchimiz "V" guruhida ishtirok etishdi

BEPUL PROPAN

Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun erkaklar o‘rtasida 69, ayollar o‘rtasida 58 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida bahslar o‘tkazilmoqda. 

Biroz avval 69 kilogramm vazn toifasining "V" guruhida bahslar o‘z yakuniga etdi. Ushbu guruhda  vakillarimizdan Hakimjon Shamsiddinov hamda Musharrafbek Rahimov terma jamoamiz sharafini himoya qilishdi. 

Shamsiddinov dast ko‘tarishda 125 kg. natija qayd etgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 150 kilogramm og‘irlikni ko‘tara oldi. Rahimov esa 121 kilogrammni dast ko‘tarib, ikkinchi mashqda u ham 150 kilogramm ko‘tardi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!