
Og‘ir atletika: O‘zbekiston delegatsiyasi Frantsiyaga yo‘l oldi
5-30 may kunlari Frantsiyaning Berk-syur-Mer shahrida og‘ir atletika (pauerlifting) bo‘yicha Evropa Ochiq Chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada 40ta davlatdan 250ga yaqin sportchilar ishtiroki ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu bellashuvlarda etti nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z omadini sinab ko‘radi. Bahslarda Navruzbek Abdurasulov (107kg vazn toifasida), Farxod Umirzoqov (88kg), Yashinbek Oltiev (72kg), Ismira Islomova (79kg), Roza Qo‘zieva (55kg), Muslima Nuriddinova (50kg) xamda Shaxzoda Mamadalievalar (45kg) yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Qayd etish kerakki, ular bilan birga murabbiy Fazliddin Umirzoqov musobaqaga yo‘l oldi.
Fikrlar