Og‘ir atletika tarixida ilk bor Eron ayollar terma jamoasi yurtimizdagi musobaqada ishtirok etmoqda

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xorazm viloyati og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 

Ushbu musobaqa o‘smirlar uchun joriy yil Argentinada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli. Qolaversa, joriy turnirda og‘ir atletika bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining ushbu sport turi tarixida ilk bor ishtirok etayotgani ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan. 

Argentina o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanma uchun kurash olib boriyatgan ushbu delegatsiya 4 nafar ishtirokchi bilan qatnashyapti. Ayni kunga kelib, 2 nafar sportchi o‘z ishtirokini yakunlagan. Biroq litsenziya qo‘lga kiritilmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!