Olimpiada-2018. Bugun uch nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

CHERY AUTO

Boks bo‘yicha bahslar o‘zbekistonlik muxlislarda katta qiziqishga sabab bo‘lishi shubhasiz. Bugun musobaqalar davomida uch nafar charm qo‘lqop ustamiz final yo‘llanmasi uchun jang o‘tkazadi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da -69 kg vazn toifasida Jahongir Rahmonov mezbon sportchi Agustin Arreguiga qarshi ringa ko‘tariladi. 22:30 da esa -81 kg vazn toifasidagi Timur Merjanov rossiyalik Ruslan Kolesnikov bilan bahs o‘tkazadi. Soat 2:00 da esa Abdumalik Xalakov (-56 kg) argentinalik Mirko Kuello bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!