“Olimpiya kelajagi”. Taekvondo WTF bo‘yicha bahslarda g‘oliblar aniqlanmoqda

CHERY AUTO

 

Tecno

Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan yurtimizda sportning taekvondo WTF, boks, sport kurashlari va dzyudo kabi turlaridan yangi «Olimpiya kelajagi» musobaqasiga asos solindi.

Farg‘ona shahrida taekvondo WTF bo‘yicha viloyat terma jamoalari o‘rtasida tashkil qilingan “Olimpiya kelajagi” musobaqasi hududiy bahslarining birinchisi yakuniga etdi.

“A” guruhida bo‘lib o‘tgan bahslarga Farg‘ona shahri mezbonlik qildi. Qizg‘in kechgan bellashuvlarda Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyati sportchilari o‘zaro kurash olib bordilar. Yakunda mezbonlar – Farg‘ona terma jamoasi taekvondochilari g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ikkinchi va uchinchi o‘rin mos ravishda Namangan va Andijon viloyati sportchilariga nasib etdi. Endi Farg‘ona terma jamoasi taekvondochilari sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etadilar.

Qolgan hududlarda taekvondo WTF bo‘yicha bahslar endi 27- 29 aprel Gulistonda, 4-6 may kunlari Qarshi va 11-13 may kunlari Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

“A” guruhi:

Farg‘ona (mezbon, g‘olib)
Andijon
Namangan

“B” guruhi:

27-29 aprel:
Sirdaryo (mezbon)
Toshkent shahar
Jizzax
Samarqand

“S” guruhi:

4-6 may:
Qashqadaryo (mezbon)
Surxondaryo
Toshkent viloyati

“D” guruhi:

11-13 may:
Qoraqalpog‘iston
Xorazm
Buxoro
Navoiy

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!