
Oliver Kan Alissonni Noyerdan kuchliroq deb aytdi
Germaniyalik afsonaviy darvozabon Oliver Kan Manuel Noyer ("Bavari") va Alisson Bekerni ("Liverpul") o‘zaro taqqosladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra braziliyalik posbon ayni damda germaniyalik hamkasbidan kuchliroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Kanning fikricha Noyer o‘tgan mavsum olgan jiddiy jarohatidan so‘ng hali ham o‘ziga kela olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Liverpul” va “Bavariya” o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar