
Oliy Liga. "Mash’al" o‘z maydonida "Metallurg"dan ustun keldi
Bugun Oliy Liga 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu turdan o‘rin olgan "Mash’al" hamda "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda muborakliklar minimal ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi.
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan uchrashuvning 50-daqiqasida Zohir qo‘ziboev tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini xal qildi.
Oliy liga. "Mash’al" (Muborak) - "Metallurg" (Bekobod) - 1 : 0 (0 : 0, 1 : 0).
Gol: Zohir Qo‘ziboev 50'.
“Mash’al”: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 9.Jamoliddin Ubaydullaev(10.Xumoyun Murtazoev 74), 13.Shaxzod Shaymanov, 18.Abbos Shodmonov, 19.Zohir Qo‘ziboev, 22.Bobur Qosimov, 44.Asiljon Begimqulov, 55.Avaz Agaliev, 77.Abdulloh Olimov (Mirzakamol Kamolov 76'), 90.Zafar To‘raev (Kenja To‘raev 88).
Zaxira: 30.Botir Nosirov, 8.Mirzakamol Kamolov, 10.Xumoyun Murtazoev, 17.Vladislav Pavlenko, 23.Kenja To‘raev, (S) 31.Igor Timanyuk, 63.Umidjon Sharipov.
“Metallurg”: 1.Zafar Safoev, 4.Xikmat Xoshimov (S), 6.Dilmurod Karimov, 7.Doniyor Adilov (Timur Usmonov 75'), 8.Ayubxon No‘monov, 14.Davronbek Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 20.Doston Tursunov, 22.Islombek Isoqjonov, 70.Jahongir Abdumo‘minov (Islomjon Qobilov 90).
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 13.Sanjar Qodirqulov, 19.Alisher Ziyavuddinov, 23.Kamronbek Kapadze, 40.Islomjon Qobilov, 77.Doniyor Ismoilov, 95.Timur Usmonov.
Ogohlantirish: Shaxzod Shaymanov 12
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Abbos Shodmonov 65'
Fikrlar