O‘rtoqlik o‘yini. Germaniya kichik hisobda Peruni taslim qildi
FIFA kunlari munosabati bilan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishmoqda.
Jumladan, Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Peru futbolchilarini qabul qildi. Anchagina qiziqarli kechgan bellashuvda germaniyaliklar 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Germaniya – Peru 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 22 Advinkula, 1:1 – 25 Brandt, 2:1 – 85 Shults.
Germaniya – ter Stegen, Zyule, Boateng (Ryudiger, 46), Kimmix, Shults, Roys (Draksler, 46), Gyundogan (Myuller, 84), Brandt (Petersen, 70), Kroos, Ginter (Kerer, 72), Verner (Xavertts, 88).
Peru – Galese, Santamariya, Trauko, Advinkula, Arauxo, Akino, Yotun (Kalkaterra, 76), Kueva, Flores (Lopes, 67), Ruidias (Penya, 85), Farfan.
Ogohlantirishlar: Advinkula (73).



Fikrlar