O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston MTJ oq, Urugvay ko‘k rangli libosda harakat qiladi

  • 7 iyun, 2018, 10:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Toshkent vaqti bilan tonggi soat 04:00da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Montevideoda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Bugun terma jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra ertaga O‘zbekiston millliy terma jamoasi oq rangli libosda maydonga tushadigan bo‘ldi. Urugvay terma jamoasi a’zolari esa o‘zlarining an’anaviy ko‘k rangli liboslarida harakat qilishadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Urugvay – O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport TV” hamda Rossiyaning “Match TV” telekanallarida jonli efirda namoyish qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!