
Osiyo kubogi-2019. A guruhidan qaysi jamoalar pley-offga chiqdi?
Musobaqa mezbonlari - BAA terma jamoasi so‘nggi turda Tailand bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va o‘z ochkolari sonini 5 taga etkazgan holda guruhda birinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.
Tailand esa garchi ilk turda Hindistonga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsada, yakunda 4 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi va ular ham 1/8 final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Ilk turda yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan Hindiston esa Bahraynga qarshi kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida penaltidan gol o‘tkazib yuborib, yakunda 3 ochko bilan guruhda so‘nggi bo‘ldi. 4 ochkoga ega chiqqan Bahrayn esa 2004 yilgi qit’a birinchiligidan buyon ilk marta guruhdan chiqishdi.
Fikrlar