Osiyo kubogi–2019. Avstraliya termasi qaydnomasida o‘zgarish bo‘ldi

  • 25 dekabr, 2018, 10:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur musobaqada ishtirok etadigan Avtraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold 20 dekabr sanasida jamoasining ushbu turnir uchun qaydnomasini e’lon qilgan edi.

Tecno

Ammo bugun mazkur ro‘yxatda kichik o‘zgarish bo‘ldi. Angliyaning "Xaddersfild Taun" klubi a’zoasi Aaron Moy jamoa fizioterapevtining maslahatiga ko‘ra, BAAdagi turnirda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Uning o‘rnini esa Venaning "Austriya" klubi futbolchisi Jeyms Jeggo egalladi. Yakuniy tarkib esa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabonlar: Mitchel Langerak ("Nagoya Grampus"), Metyu Rayan ("Brayton"), Denni Vukovich ("Genk");

Himoyachilar: Aziz Bexich (PSV), Milosh Degenek "Red Star Belgad"), Aleks Gersbach ("Rosenburg"), Rayan Grant ("Sidney"), Mettyu Yurman ("Al-Ittihod", Saudiya Arabiston), Mark Milligan ("Xaybernian"), Josh Risdon (Vestern Sidney Uonderers"), Trent Seynsberi (PSV)'

Yarim himoyachilar: Mustafo Armini (AGF, Norvegiya), Kris Ikonomidis ("Pert Glori"), Jekson Irvin ("Xall Siti"), Jeyms Jeggo ("Austriya), Massimo Luongo ("Kuinz Park Reynjers"), Tom Rogich ("Seltik");

Hujumchilar: Martin Boyl ("Xaybernian"), Robbi Kruz ("Boxum"), Metyu Leki ("Gerta"), Aver Mabil ("Mityulland"), Jeymi Maklaren ("Xaybernian"), Endri Nabbut "(Urava Reds").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!