
Oskar de la Xoyya AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi
Olti vazn toifasining sobiq jahon chempioni va Golden Boy promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Oskar de la Xoyya kelajakda AQSh prezidentligi saylovlarida ishtirok etishi mumkin.
– Men juda juddiyman. Agar Kane Uest (amerikalik rep-ijrochi —„SPORTS.uz“) bu imkoniyatni ko‘rib chiqmoqda. Men shu vaqtgacha professional bo‘lganman, millionlab odamlar menga “nima uchun o‘zingni jamiyatga aralashtirmayman? degan savolni berishadi. Men esa nomim yuqori bo‘lishini istamayman. Ko‘rinib turibdiki, eng yuqori ovoz mamlakat prezidentida bo‘lishi mumkin, – deya de la Xoyyaning so‘zlarini keltiradi Boxing247 nashri.
Bokschi shuningdek, prezidentlik poygasida imkoniyatlarni o‘rganish uchun ishchi guruhini ham joriy qilgan. Agar bu yaxshi natija bilan chiqadigan bo‘lsa, de la Xoyya saylovlarda ishtirok etadi. AQShda kelasi saylovlar 2020 yilda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar