O‘ta og‘ir vaznli o‘zbek polvoni shohsupadan joy oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning Istanbul shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha “Emre Vexbi va Xamid Kaplan” turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘ttiz beshinchi marotaba tashkil etilgan nufuzli turnirda dunyoning o‘nga yaqin mamlakatidan 160 nafardan ziyod eng kuchli polvonlar sakkiz vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Eng og‘ir – vazni 130 kilogramm bo‘lgan yunon-rum kurashlari bahsida gilamga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mo‘min Abdullaev keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda jahon chempionati kumush medal sohibi belaruslik Kiril Grishchenko, ozarbayjonlik Oyan Nazariyoni, Evropa chempioni va jahon chempionati finalchisi gruziyalik Beka Kandelakini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.

Mo‘min Abdullaev hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakili – jahon chempioni va Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi Riza Kayaalp bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda raqibiga imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz kumush medalga ega bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!