O‘zbek dzyudochilari Gran-Prida g‘oliblikka da’vogar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro turnir boshlandi.

 

Xalqaro dzyudo federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiritilgan ushbu musobaqada dunyoning 34 mamlakatidan kelgan 250 nafardan ziyod dzyudochi sovrinli o‘rinlar va reyting ochkolari uchun ringga chiqmoqda.

Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 18 nafar dzyuchimiz himoya qiladi. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Boltoboy Boltaev, G‘iyosjon Boboev, Davlat Bobonov, Sharofiddin Boltaboev, Mirzohid Farmonov, Bahrom Inoyatov, Sherali Jo‘raev, Muhammadkarim Hurramov, Soymb Qurbonov, Sardor Nurillaev,Bekmurod Oltiboev, Shahzodbek Sobirov, Doniyor Sultonboev, Muhriddin Tilovov tatamiga chiqadi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyozova, Sanobar Sultonova, Kumush Yo‘ldoshevadan iborat tarkib ishtirok etadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!