O‘zbekiston MTJ Marokashga qarshi ko‘k rangli libosda to‘p suradi

  • 27 mart, 2018, 17:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kasablanka shahrida Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugungi uchrashuvda ham vakillarimiz xuddi Senegalga qarshi o‘yindagi kabi ko‘k rangli libosda to‘p surishadi. Maydon egalari Marokash terma jamoasi esa oq rangli futbolkalarda harakat qilishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. “Sport TV” mazkur o‘yinni jonli efirda namoyish qilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!