O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi o‘quv seminar treninglari tashkil etilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 oktyabrdagi № 355-sonli qarori ijrosini  taminlash maqsadida  joriy yilning dekabr oyida bir qator o‘quv seminar treninglari tashkil etilmoqda.

Jumladan 2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi majilislar zalida sportning engil atletika turi bo‘yicha Toshkent shaxar xalq ta’lim hamda madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmalari tassarufidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari murabbiylariga o‘quv seminarlar bo‘lib o‘tdi. Unda 50ga yaqin ishtirok etgan murabbiylarga Engil atletika sport turining xalqaro musobaqa qoidalari, Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish hamda normativlar bajarilish qoidalari va WADA xalqaro Dopinga tekshiruv tashkilotining Qoidalari xamda taqiqlangan moddalar ro‘yxati tushuntirib o‘tildi xamda murabbiylarni qiziqtirgan savollariga mutaxassilardan javob oldilar.

Eslatib o‘tamiz shu kabi o‘quv seminarlar davom etadi, xususan suzish sport turi bo‘yicha 16 dekabr va dzyudo sport turi bo‘yicha 20 dekabr kunlari soat 14:00da  O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi majilislar zalida bo‘lib o‘tadi.

 

 

O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!