
O‘zbekiston OTJ Toshkentda yig‘inga kirishdi
Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlikni o‘tkazish uchun Toshkentda yig‘inga kirishdi, deya ma’lum qildi O‘FA matbuot xizmati.
Yig‘in 9 avgust kuniga qadar davom etadi. Ana shu yig‘indan keyin murabbiylar shtabi Osiyo o‘yinlariga boradigan yakuniy tarkib borasida bir to‘xtamga keladi. O‘sha paytda jismoniy va funktsional jihatdan har tomonlama tayyor bo‘lgan futbolchilar Osiyo o‘yinlarining yakuniy ro‘yxatiga kiritiladi.
Toshkentdagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar:
Botirali Ergashev “Navbahor”
Umidjon Ergashev “Nasaf”
Rahim Davronov “Mash’al”
Himoyachilar:
Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”
Akrom Komilov “Bunyodkor”
Islom Qobilov “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov “Metallurg”
Dostonbek Tursunov "Neftchi"
Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov “Nasaf”
Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912”
Jasur Yaxshiboev “Paxtakor”
Doniyor Narzullaev “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”
Aziz Turg‘unboev “Navbahor”
Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”
Ikrom Aliboev “Lokomotiv”
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
Husniddin G‘ofurov “Neftchi”
Sharof Muhiddinov (“Nasaf”)
Hujumchilar:
Andrey Sidorov “Qizilqum”
Zabihullo O‘rinboev “Metallurg”
Bobir Abduxoliqov “Nasaf”
Fikrlar