
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat o‘yinida "Oq-tepa" klubini mag‘lubiyatga uchratdi
Yig‘in davomida bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari "Bunyodkor" yoshlarini 2:0 hisobida, "Lokomotiv" yoshlarini esa 4:2 hisobida, "Nurafshon" jamoasini esa 7:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Bugun O‘zbekiston U-18 terma jamoasi "Oq-tepa" jamoasiga qarshi yana bir nazorat o‘yinida maydonga tushib, 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Otabek G‘ulomxo‘jaev mazkur yig‘in davomida terma jamoaning asosini shakllantirish bilan birga, yangi futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazib olmoqda.
Fikrlar