O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi

  • 11 yanvar, 2019, 00:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Qirg‘izistonnning Bishkek shahrida Osiyo chempionati saralishining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashganidan xabaringiz bor. Karima Yo‘ldosheva shogirdlari endi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati 2-bosqichida ishtirok etishadi. 

Ana shu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 10 yanvardan poytaxtimizda yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
Karima Yo‘ldosheva Toshkentdagi yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:
 
Darvozabonlar:
Saidova Zarina, «Sho‘rtan-Ledi»
Nurullaeva Sevara, «Sevinch»
O‘zganova Nigora, «Metallurg-W»
 
Himoyachilar:
Shodieva Laylo, «Sevinch»
Hojieva Ozoda, AGMK
Hikmatova Madina, «Paxtakor»
Gancheva Husniya, «Sho‘rtan Lady»
G‘iyosova Munisa, AGMK
Shodieva Amina, «Qizilqum-W»
Xudaynazarova Dinara, «Lokomotiv»
Amanova Sabina, «Buxoro»
To‘raeva Marjona, «Sevinch-2»
 
Yarim himoyachilar:
Smirnova Arina, AGMK
Saidova Gulzoda, «Sho‘rtan Lady»
Zaynitdinova Shahrizoda, «Lokomotiv W»
Alamuradova So‘g‘diyona, «Sevinch»
Nazarqulova Mahliyo, «So‘g‘diyona W»
Tokabaeva Sitora, «So‘g‘diyona W»
Erkinova Diyora, «Metallurg W»
 
Hujumchilar:
Rashidova Tojinisso, «Bunyodkor»
Kurbanova Shaxnoza, «Sevinch»
Mardieva Muxlisa, «Navbaxor Lochinlari»
Boboqulova Albina, «So‘g‘diyona W»
Jo‘raboeva Diyora, «Navbahor Lochinlari»

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!