O‘zbekiston U-20 futzal terma jamoasi Tailandda Vetnam va Xitoy yoshlari bilan nazorat o‘yini o‘tkazdi

  • 12 may, 2017, 14:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Shu yilning 16–26 may kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo‘yicha tarixda ilk marta 20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi delegatsiyasi 8 may kuni Tailandga uchib ketgan edi. Xose Mariya Pazos Mendez boshchiligidagi yoshlar termasi avvaliga 10 may sanasida Vetnam yoshlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Bugun esa U-20 terma jamoa vakillari Xitoy U-20 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yoshlarimiz tarkibida gollarga Said Rizo Mirsharofov, Xusniddin Nishonov hamda darvozabon Sunnat Anvarovlar mualliflik qilishdi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Bruney U-20 termasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!