O‘zbekiston U-22 terma jamoasi saralash bahslari oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi

  • 14 iyul, 2017, 11:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

BAAning Al-Ayn shahrida ertaga, 15 iyul kuni kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatining saralash bosqichi “D” guruhi uchrashuvlari start oladi.  Saralashning “D” guruhi uchrashuvlarida mezbon BAA, O‘zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar terma jamoalari kurash olib boradi.

Kecha, 13 iyul kuni kechgi payt Ravshan Haydarov shogirdlari “Al-Ayn”ga tegishli “Tanhun Bin Muhammad” stadionida rasmiy mag‘shulot o‘tkazdi. Bugun, 14 iyul kuni “D” guruhi qatnashchilarining rasmiy vakillari bilan miting bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Quyida U-23 Osiyo chempionatining saralash bosqichi uchrashuvlari taqvimi bilan tanishish mumkin.

U-23 OCh–2018 saralashi, “D” guruhi
15–19 iyul. Al Ayn, BAA
“Tahnun Bin Muhammad” stadioni

1-tur | 15 iyul

BAA – Nepal (18:25)
O‘zbekiston – Livan (21:25)

2-tur | 17 iyul

Nepal – O‘zbekiston (18:25)
Livan – BAA (21:25)

3-tur | 19 iyul

BAA – O‘zbekiston (18:25)
Livan – Nepal (21:25).

Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!