
O‘zbekiston U-23 – Keniya U-23 o‘yinini “Sport” telekanali namoyish etadi
Bugun Farg‘onada katta futbol bayram. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Istiqlol” stadionida Keniya futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib boradi.
Dastlabki bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Bugun Ravshan Haydarov shogirdlarida Keniya U-23 termasidan revansh olish imkoniyati bor.
O‘zbekiston va Keniya o‘rtasidagi o‘yin “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi va bellashuv 20:00 da boshlanadi. O‘z navbatida, “Sport” telekanali namoyish etadi.
Fikrlar