O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi paralimpiya yo‘nalishiga ham e’tiborni kuchaytirmoqda

  • 5 fevral, 2019, 19:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasida Rossiyadan tashrif buyurgan murabbiy Ildar Sayfulin bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda bosh kotib Zafar Yusupov rossiyalik murabbiyga mamlakatimizda kamondan otish sportiga qaratilayotgan e’tibor, terma jamoa sportchilari oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirib berdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Shuningdek, O‘zbekiston nafaqat Olimpiya, balki Paralimpiya o‘yinlarida ham kamondan otish bo‘yicha munosib ishtirok etmoqchi ekanligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Ildar Sayfulinga kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borish taklifi berildi.

O‘z navbatida rossiyalik murabbiy mamlakatimizda sportning ushbu turiga e’tibor oshib borayotganini, ushbu taklifga qarshi emasligini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda shaxsan mamalakat prezidenti ushbu sport turiniga befarq emasligini bilaman. U kishi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, kamondan otish bazasining ochilish marosimida qatnashganligi quvonarli xolat. Men bu diyorda ishlab, paralimpiya sportchilariga o‘z yordamimni berishga, kerak bo‘lsa O‘zbekistonda qolib ishlashga tayyorman», – dedi murabbiy.

Mutaxassis 15-20 fevral kunlari Qo‘qon shahrida tashkil etiladigan O‘zbekiston qishki chempionatiga tashrif buyurib, iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun taklif etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!